Umumiy doc


Ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametr sxemasi



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametr sxemasi.
 
Bu asboblar bilan (suv bo‘yicha 16 m
3
/soat) gacha sarflar o‘lchanadi. Asosiy 
xatolik ±1,5% dan oshmaydi. 
4.4- §. O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR 
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi
suyuqlikning idish 
tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath 
balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda 
agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan 
pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli 
sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, 
shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan. 
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) 
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi o‘lchagichi 
sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi 
sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud 
to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath 
balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


134 
joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida 
bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylashgan 
bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland 
bo‘lmasligi lozim. 
1
Н
2
3
4
5
6
7
Сиқилган
ҳаво
4.6 – rasm. 
Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich. 
 
4.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtuserli to‘rt-burchak idish 2 dan 
iborat. SHtuserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish 
uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun 
xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan 
teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan 
tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pezometrik naycha 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan 
havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 
orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 
havoni tozalaydi. Pezomstrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining 
zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. 
Pezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan 
o‘lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri 
ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir. 
Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan 
aniqlanadi: 
L
S
a
Q
x
0
43
,
4


=
(4.15) 
bu erda, a – sarf koeffisienti; S
0
 – tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning balandligi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


135 
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffisienti tirqishning geometrik shakliga, 
ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda sarf 
koeffisienti 
a
ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffisientining aniq 
qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi. 
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf 
o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan, 
difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan 
oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 m
3
/soat bo‘lgan qurilmaning asosiy 
xatosi ±3,5%. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə