9
B I R I N CH I B O‘ L I M
TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI NAZORAT QILISH
USULLARI VA VOSITALARI
I bob. METROLOGIYA ASOSLARI VA O‘LCHASH
VOSITALARI
1.1- § METROLOGIYA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Metrologiya
— o‘lchashlar, uni ta’minlash usullari
va vositalari hamda talab
etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan
.
Metrologiyaning asosini o‘lchashning
umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi
ma’lumotlar, o‘lchashning usul va vositalari, o‘lchash natijasining to‘g‘riligini
aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O‘lchashga doir fizik kattaliklar mexanik,
elektr, issiqlik, optik, akustik bo‘lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik
jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lsa, boshqalari
shu jarayon bilan
funksional bog‘langan bo‘ladi.
Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik
kattaliklarni o‘lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog‘lik. Ma’lumot qancha to‘la va
xolisona bo‘lsa, fizik xodisalarning tub ma’nosini tushunish shunchalik chuqur
bo‘ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning rivojlanishi
hakidagi ma’lumotning muhim qismidir. Turli usul va
asboblar orqali ifodalangan
texnologik jarayonning holati haqidagi axborotlarni
ma’lumot
, ya’ni
informasiya
deb
bilamiz. Informasiyalar, asosan, o‘lchash asboblari va qurilmalari yordamida olinadi.
Fizik ob’ektning sifat jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir ob’ekt
uchun alohida xususiyati
fizik kattalik
deb ataladi.
SHunday qilib, har bir fizik
kattalik aynan shu kattalikning sonli qiymati birligiga kupaytmasidan iborat bo‘lgan
individual qiymati bilan ifodalanadi.
Bir-biriga muayyan erksizlik bilan bog‘langan kattaliklar yig‘indisi
fizik
kattaliklar tizimi
deyiladi. Fizik kattaliklar tizimi asosiy, qo‘shimcha va hosila
kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga
nisbatan shartli ravishda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
10
erkin hisoblangan fizik kattalik
asosiy fizik kattalik
deb ataladi.
Xalqaro birliklar tizimi — SI (Sisteme International - SI) fan va texnikaning
barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal tizimi bo‘lib, 1960 yilning
oktyabr oyida O‘lchov va tarozilar XI Bosh konferensiyasida qabul qilingan.
SI ning joriy etilishi shu tizimda nazarda tutilgan va uning tarkibiga
kirmaydigan (ammo hozir o‘lchov birliklari sifatida qo‘llanilayotgan)
birliklarning
ilmiy-tadqiqot natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish vositalari va asbob
uskunalarini loyihalashda, qurilish hamda qurilgan ob’ektlardan
foydalanishda,
shuningdek o‘quv-ta’lim ishlarida ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirayotgan o‘lchov
birliklaridagi turli hillikka barham beradi. SI ning hozirgi qo‘llanilayotgan ayrim
o‘lchov tizimlariga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u —universal; o‘lchov
birliklarini birxillashtirgan; asosiy, qo‘shimcha va o‘z hosilaviy
birliklarini amaliyot
uchun qulay o‘lchamlarga mujassamlashtirgan; kogerent, ya’ni hosilaviy birliklar
o‘lchamlarini aniqlovchi fizik tenglamalardagi mutanosiblik koeffisientlarini
tugatgan tizimidir. Uning tatbiqi bilan hisoblash tenglamalarining
yozilishi ancha
soddalashdi.
Xalqaro birliklar tizimi (SI) da ettita asosiy va ikkita qo‘shimcha kattalik qabul
qilingan. SHuningdek, ular asosida ko‘pgina hosilaviy kattaliklar va ularning
birliklari ham tasdiqlangan. 1.1-jadvalda xalqaro birliklar tizimi (SI) da ifodalangan
asosiy va qo‘shimcha hamda o‘quv jarayonida tez-tez
uchrab turadigan muhim
hosilaviy kattaliklarning o‘lchov birliklari, belgilari keltirilgan.
1.1 jadval