Umumiy ma‘lumotlar



Yüklə 164,02 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü164,02 Kb.
#153140
  1   2   3   4
shoh3


Mavzu: gidromexanizatsiya qurilmalarida zo’riqma va suv sarfini unumdorligini hisoblash
Reja

  1. Umumiy ma‘lumotlar

  2. Unumdorlikni hisoblash

  3. Yer so`rish va gidromonitor ishlarida havfsizlik qoidalari

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Umumiy ma‘lumotlar


Gidromexanizatsiya deb yer va kon ishlari mexanizatsiyasi usuliga aytiladi, bunda texnologik jarayonning barcha va asosiy qismi xarakatdaki suv oqimi enyergiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Gidromexanizatsiyada turli konstruksiyadagi va belgilangan uskunalardan gidromonitorlar, nasoslar, yerso`rgich va boshqalar ishlatiladi. Tog` jinslarining suv bilan yemirilishi 2 usul bilan : suv oqimining yuvishi bilan yoki yer so`rgichning So`rib oladigan trubasiga kelib tushadigan o`zioqar oqim bilan amalga oshiriladi. Oqimning yuvib ketishi vaqtida suv nasos orqali gidromonitorga yo`naltiriladi, uning nasadkasidan 80 m/s tezlik bosimi ostida zaboyga yuboriladi va uni yemiradi. Yuvib ketilgan jins suv bilan qorishib, pulpa nomli gidroaralashma hosil qiladi. U pulpada qattiq va suyuk fazalarning moslashuvi tushuniladigan kogsistensiya bilan ifodalanadi. Odatda vaznli konsistensiya farqlanadi. Birinchisi jins hajmining suv hajmiga tabiiy g`alvirakligi munosobati bilan aniqlanadi, ikkinchisi jins va suv vaznining mutanosibligi bilan aniqlanadi. Hosil bo`lgan pulpa tuproq bo`ylab zumfga oqadi, u yerdan grunt nasos orqali surilib, quvur orqali yotqizish joyiga tortiladi va u yerda tindiriladi. Tindirilgan vaqtda jins suvdan ajraladi va ag`darmada (otvalda) qoladi, tindirilgan suv esa qayta ishlatilish uchun suv manbaiga tashlash uchun suv yig`gichi quduq orqali zovur bo`ylab nasos stansiyasiga tushadi. Pulpaning o`zi oqishi uchun shaxtadagi kerakli jinslarni qazib olinadigan joydan ( zaboydan ) shaxta tagida suv to`planadigan 408 chuqurgacha (zumffgacha) pog`ona tagiga qiyalik beriladi, buning natijasida jinsning bir qismi yuvilmay qoladi. Yuvilmaay qolgan qism gidromonitor qism zumffga yo`naltirilgan yaroqsiz qazilmalar qatlamiga jinsni joylashtirish uchun buldozyer yoki ekskavator bilan olinadi. Yuvib ketishning tezligi 1m kub suvda yuvib ketiladigan tog jinsining hajmi bilan belgilanadi. Pog`ona balandligining ma'lum bir darajagacha orttirilishi yuvib ketish tezligini oshiradi. Shu bilan birga u suvning sarflanishi bilan gidromonitordan zaboygacha bo`lgan masofaning qisqarishi tufayli va suvning zichligining oshishi bilan o`sadi. Gidromonitor suvi bosimining kuchayishi ma'lum bir doirada maqsadga muvofiqdir. So`rib oluvchi quvurga okib keladigan tog jinsi oqimining yemirilishi zaboy joyining suzib yuruvchi tuproq surgichi snaryadi bilan ishlov berish orqali sodir bo`ladi. Pontonga o`rnatilgan zemlesos (tuproq surgich) quvur bo`ylab suvni jins bilan so`rib oladi va pulpani bosimli quvur o`tkazgichga qarab dam berib siqadi, bundan u qalqib yuruvchi rezinka moslagichga (poplavochka) o`rnatilgan quvur o`tkazgich bo`ylab yotqizish joyiga olib boriladi. So`rib oluvchi trubaga surish zonasida joylashgan bo`laklar tortib olinadi, bunda bulaklarning bir-biriga qo`shilishini va og`irligini yengish uchun kerakli oqim tezligi yetarli bo`ladi. Shunday qilib jipslashgan jinslar sekinlik bilan yemiriladi, shu sababli yer surgich snaryadlari yerni yumshatadigan asboblar bilan ta'minlanadi. Ochik xoldagi foydali qazilmalarni gidromexanizatsiya qilish usuli keng tarqalgan.

Yüklə 164,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə