Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə17/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
So\'z turkumlari

Zamon kategoriyasi. Bizga ma’lumki, zamon nutq so‘zlab turgan vaqtga nisbatan olinadi. Zamon hosil qiluvchi shakllar:
O‘tgan zamon shakllari: -di, -gan, -(i)b, edi, ekan, emish;
Hozirgi zamon shakllari: -yap, -yotir, -yotib, -moqda;
Kelasi zamon shakllari: -a, -ay, -ar tarzida maktab va oliy ta’lim darsliklarida berilgan. Lekin yuqoridagi shakllardan aniq o‘tgan zamon shakli -di, hozirgi zamon shakllari -yotir, -moqda, -yap morfemalari tom ma’noda zamon yasovchi morfemalar hisoblanadi. Qolgan shakllar esa asli fe’lning vazifadosh, ravishdosh shakllari yasovchisi vazifasini o‘taydi.
Maktab va akademik litsey darsliklaridan farqli ravishda R.Sayfulllaeva darsligida uni 2 ta qismga ajratib beradi:
1) kelasi zamon aniqlik shakli;
2) kelasi zamon gumon shakli.
Ko‘makchi fe’l. Ravishdoshning -a, -y, -(i)b shakllariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari va tarzini bildiruvchi fe’llar ko‘makchi fe’llar hisoblanadi. Oliy ta’lim darsligida ko‘makchi fe’llar harakat tarzi kategoriyasi deb nomlanadi va unga quyidagicha tavsif beriladi:

  1. harakatning tarzi faqat ko‘makchi fe’l bilangina emas, (ravishdosh shakli+ko‘makchi fe’l) morfologik qolipi hosilasi asosida yuzaga chiqadi. Ko‘makchi fe’l ushbu shaklning bir qismi, xolos;

  2. ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi atamasida “qo‘shilma” unsuri so‘z birikmasidan teng munosabatlilik belgisi asosida farqlanuvchi so‘z qo‘shilmasi (anor va olma) sintaktik hodisasi bilan nisbiy omonimlik kasb etadi. Xolbuki harakat tarzi sintaktik emas, balki morfologik hodisa1.

Fe’llar tuzilishiga ko‘ra: sodda, juft, takror, qo‘shma kabi turlarga bo‘linadi.

2.5. Olmosh so‘z turkumi.

Boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘nida almashinib qo‘llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi. Masalan: kitobni ko‘p o‘qigansiz, undan ko‘p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob (ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shu olmoshi doimo tinchlik bo‘lsin gapi o‘rnida almashinib qo‘llangan. Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi, shuning uchun uning qaysi ma’noda kelayotgani matndan aniqlanadi1.


Litsey darsligida maktab darsligidan farqli ravishda “barcha mustaqil so‘z turkumlari, gap va hatto yordamchi so‘z turkumlari o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deb qaraladi”2. Lekin misol tariqasida berilgan quyidagi gap ancha mulohazatalab: Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu teng ma’noli gaplarni bog‘laydi.
Bizningcha, yuqoridagi misolda ko‘rsatish olmoshi bog‘lovchi o‘rnida emas, balki nominativ birlik vazifasidagi so‘z o‘rnida qo‘llangan. CHunki kontekstda va so‘zi bog‘lovchi vazifasini bajarmagan. SHu bois, berilgan nazariy qoida biroz tahrirga muhtoj.
SHuningdek, R.Sayfullaeva olmoshlar mustaqil so‘zlardan tashqari undov, taqlid va hatto matn o‘rnida ham qo‘llanilib kela olishini, olmosh hamma vaqt ham qandaydir bir so‘zni almashtirib, uning o‘rnida qo‘llanavermasligini aytadi: Men kecha keldim. Hamma mehmonlar biznikida. Barcha mushkulotlar oson bo‘ldi kabi gaplarda kishilik, belgilash olmoshi hech bir so‘zni almashtirmagan. Arab tilshunosligida olmosh alohida so‘z turkumi sifatida berilmagan, balki har bir so‘z turkumi ichida yashirin ma’noli so‘z (zamirlar)sifatida alohida guruhlarga ajratilgan. Masalan: kitob, daftar, Abbos aniq ma’noli ot bo‘lsa, men, sen, kim yashirin ma’noli ot (zamir ot) yoki oq, qizil, chiroyli ma’lum ma’noli sifat hisoblansa, bunday, shundaylar zamir sifatlardir3.
Olmoshlar shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo‘lgan umumiy ma’noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma’no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular o‘zlari almashtiruvchi so‘z kabi morfologik jihatdan o‘zgaradi.
Boshqa turkum leksemalariga beriladigan so‘roqni bildiruvchi va shunday leksemalar o‘rnida ishlatuvchi birikmalarga olmosh deyiladi. Olmoshdan leksik ma’no emas, balki muhim grammatik ma’no anglashiladi1.
Barcha darsliklarda olmosh so‘z turkumi 7 ta ma’no guruhiga ajratilgan. Bular quyidagilar:

  1. kishilik olmoshi;

  2. ko‘rsatish olmoshi;

  3. o‘zlik olmoshi;

  4. belgilash olmoshi;

  5. so‘roq olmoshi;

  6. gumon olmoshi;

  7. bo‘lishsizlik olmoshi.

Lekin ma’no turlarini nomlashda biroz tafovut bor. Masalan, akademik litsey darsligida belgilash olmoshi belgilash-ajratish olmoshi deb beriladi2. Ko‘rsatish olmoshi esa SH.Rahmatullaev tomonidan ko‘rsatish birliklari sifatida qayd etiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə