|
Umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-“ ” -sinf rahbari ning
|
səhifə | 1/9 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 4,5 Mb. | | #143269 |
| 8 sinf Sinf soati tarbiyaviy soat 2022 2023 to`liq hajmda
____________ viloyati __________ tumani
Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
8-“__” -sinf rahbari
_____________________________ning
8-sinflar uchun
Sinf soati
Yillik ish reja va ishlanmalari
Tushuntirish xati
“Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” – Shavkat Mirziyoyev
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Sinf soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi — Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|