Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə23/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
O\'qish 4.4

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; lactoop – notbuk, drive – mashina haydamoq
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nimaga o‘xshatadi?
2. «Qotil», «battol», «jallod», «odamxo‘r» so‘zlarining ma’nosini izohlang.
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Tarjimai holimdan lavhalar”ida shunday yozilgan: “Men 1932 yilning 17 dekabrida Fargʻona viloyatidagi Katta Tagob qishlogʻida tugʻilgan ekanman. Otam Toʻxtavoy 21 yoshida quloq qilingan boʻlib, Tojikistonning Chorku degan joyida vafot qilgan. Ikki yildan soʻng onam Sorabibi xolasi Ashirbibi oʻlib, besh bolasi yetim qolgani sababli, uning eri Usta Qodirga turmushga chiqqan (qarindoshlarning qarori shunday boʻlgan) ekan. Mening tarbiyam bobom Erkavoy, enam Robiyabibilarning ixtiyorida boʻlgan. Ruhim, xulqi-ahloqim va harakterimda neki boʻlsa, bogʻbon bobom, ertakchi enam tufayli shakllangan. Oʻsmirlik davrlarim Ikkinchi jahon urushi yillariga toʻgʻri kelgan. 1949 yili Qoʻqon pedagogika bilim yurtini, 1955 yili Toshkent davlat universitetini (ilgari SAGU deb atalgan) bitirganman. 2021-yilda vafot etdi.
DO‘STLIK
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Abduqodir Vovaga yozayotgan xatini boshidan o‘qib chiqqan edi, o‘ziga yoqmadi: nuqul keraksiz so‘zlarni yozibdi-yu, muhimlari qolib ketibdi. Yangitdan yozmoq- chi bo‘lib: «Esingdami, Vova», — deb boshladi. Bosh- ladi-yu, yana yoza olmay, derazadan olmazorga tikilga- nicha, xayolidan o‘tgan davr kecha boshladi.
...Bir kuni kosadagi sutni to‘kib qo‘yib oyisidan qochib chiqqan edi. Ko‘chalarda bekor aylanish joni- ga tegdi. Keyin nima gaplar bo‘layotganini bilish uchun maktab hovlisiga kirgan edi, yangi ko‘chib kelgan rus tili o‘qituvchisining eshigi oldida loy qorib turgan malla sochli bolaga ko‘zi tushib qoldi. Abduqodir yaqinroq bo- rib, begona bolaning kurakchasini oldi-da, ura qochdi.
Kerak bo‘lsa, olaver, — dedi to‘satdan o‘zbek- chalab Vova, — menda ko‘p.
O‘sha kuni Abduqodir Vova bilan durustgina tanishib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Vovalar Katta dovon qish- log‘idan ko‘chib kelayotganlarida ularning yettita quyon- lari o‘sha yerda qolib ketibdi. Bitta ona quyonni olib qaytishibdi.
Hademay o‘qishlar ham boshlanib ketdi. Ikkovlari bir sinfda o‘qiy boshladilar. Endi ular birga dars tayyorlashar, birga o‘ynashar, bo‘sh vaqtlarida esa Vovaning quyonlariga o‘t keltirish uchun dalalarga chiqishar edi. Bir kun ikkovlari adir tomonda adashib ham qolishgan. Bu voqea 4- sinfda o‘qiyotganlarida yuz bergan edi. Ular olma keltirish uchun bog‘ga borishdi. Erta bahor, daraxtlar kurtak yoza boshla- gan, hamma yoqda o‘t-o‘lanlar ko‘karib, zilol suvli ariqlar bo‘yida chuchmomalar ochilgan payt... Ishlarini bitirib, en- digina orqaga qaytamiz deb turganlarida, Vovaning yongi- nasida bir quyon bolasi sakrab, o‘ynoqlab qoldi:
Quyon! — deya qichqirdi Vova va ortidan quvlay boshadi. Abduqodir ham yugurdi. Quyon bolasi o‘ynoq- lab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. Qorong‘i tushib, ko‘z ko‘rmay qolguncha quyonni quvlashdi.
Shu payt yaqinginada chiyabo‘rining chaqaloq inga- lashiga o‘xshash ovozi eshitilib, ikkovlarini ham cho‘chi- tib yubordi...
Vova, — dedi Abduqodir o‘zidagi qo‘rquvni bo- sish uchun ataylab qattiq tovushda, — sen katta bo‘lsang quyonchi bo‘lmoqchimisan?
Albatta, — dedi Vova tovushini undan ham ba- land qilib.
Men bobomga o‘xshab bog‘bon bo‘lsam kerak, bobom: «Qarib qoldim, o‘rnimga seni qoldirmoqchi- man», — deydilar.
...Bir nafasdan so‘ng xat ham tayyor bo‘lgan edi.
Abduqodir pochta tomon yo‘l oldi.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya