U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki,
vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.
Bobur ikki she’riy to‘plam — devon tuzgan. Shulardan bittasi yetib
kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo'limizda uning
to‘rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig‘i ruboiydir.
Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan, to‘rtlik.
Aruzning ma’ium vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari
har jihatdan
to‘kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzara-
lari aks etadi. Shoir o‘z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so‘z
ochadi.
Mana, ayrim namunalar:
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
Yo barcha murodlami tark etsa kishi.
Bu ikld ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
Endi Bobuming ushbu ruboiyini yozgan holatini ko‘z oldimizga
keltiraylik. U 19—20 ^oshlarda, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlari.
Lekin Samarqandni ikki marta olib’ ikki
marta ham tashlab chiqishga
majbur bo‘ldi. Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan. Ikki-uch yil tog‘-u
toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va
yuqoridagi satrlar qog‘ozga tushdi.
Mana yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan
o‘tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G ‘azna shaharlarini jangsiz
egallab
oldi. Lekin butun ko‘ngli Amudaryoning bu tomonida, ona Vatanida. U
tirik yursa qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. U yozadi:
Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,
Ham mol yigcishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
Bobur bugun xalqimizning sevimli farzandlaridan bo‘lib turihdi. U
haqda dostonlar,
romanlar yozilgan, kinofilmlar ishlangan. Andijonda
va Toshkentda ulkan bog‘i Ьафо etilib, haykali o‘matilgan.
Dostları ilə paylaş: