Vazirlar Mahkamasida xizmat qilgan.
0 ‘. Umarbekovning hikoyalardan iborat ilk to‘plami 1958-yili nashr
etilgan. Shundan so‘ng o‘tgan 35 yillik ijodi davomida «Xatingni kuta-
man», «Yurak so‘zlari», «Boboyong‘oq», «Menga ishonmaysanmi?»,
«Yulduzlar», «Hayot abadiy», «Charos», «Ko‘prik», «Bolgar qo‘shiq-
lari», «Oltin yaproqlar», «Qiyomat qarz», «Yer yonganda» kabi o‘nlab
hikoyalar va qissalar to‘plamlari e’lon qilindi. Yozuvchining 1963-yili
chop etilgan «Sevgim, sevgilim» nomli qissasi buyuk adib Abdulla Qah-
hor tomonidan yuksak baholanib, yosh ijodkoming
keyingi faoliyati
uchun katta ruhiy madad beradi. U birin-ketin «Kimning tashvishi yo‘q»,
«Urush farzandi», «Yoz yomg‘iri», «Jo‘ra qishloq», «Oq qaldirgeoch»,
«Damir Usmonovning ikki bahori» kabi qissalarini yozib chop ettiradi.
Badiiy adabiyotning murakkab janrlaridan bo‘lgan romannavislikka qo‘l
urib, 1970-yili «Odam bo‘lish qiyin» romanini e’lon qiladi. Bu roman
o‘z vaqtida yoshlar o‘rtasida nihoyatda sevib о‘qilgan, qizg‘in
bahs-u
munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng 0 ‘. Umaibekov nasriy
asarlar yozish bilan biiga sahna va kino uchun pyesalar hamda kinossena-
riylar yaratish sohasida ham o‘z iqtidorini sinab ko‘ra boshlaydi. 70—
80-yillar uning teatr va kino uchun asarlar yozish borasidagi izlanishlarida
eng barakali davr bo‘ldi. Dastlabki «Oqar suvlar»
pyesasi hozirgi Abror
Hidoyatov nomidagi Yoshlar drama teatrida va turli viloyat teatrlarida
sahnalashtiriladi. Shundan so‘ng uning «Sud», «Yoshlik dengizi», «Komis-
siya», «Qiyomat qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Shoshma, quyosh»,
«0‘z arizasiga ko‘ra», «Kurort», «Yer yonganda» pyesalari dunyo yuzini
ko‘radi. Bularning aksariyati Hamza nomidagi (hozirgi Milliy) akademik
drama teatrida qo‘yiladi va uzoq vaqt sahnadan tushmay, tomoshabinlar
mehrini qozonadi. Bu pyesalar asosidagi spektakllarda o‘zbek
teatr
san’atining ulkan namoyandalari Shukur Burhonov, Sora Eshonto‘rayeva,
Nabi Rahimov hamda Zikir Muhammadjonov, To‘ychi Oripov, Turg‘un
Azizov, Rixsi Ibrohimova kabi san’atkorlar yetakchi rollami ijro etadilar.
Dostları ilə paylaş: