Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Yoshlar qunt bilan o‘qib izlanishi kerak



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

Yoshlar qunt bilan o‘qib izlanishi kerak.
 O‘zbekistonlik yoshlar jahon-
ning turfa mamlakatlarida o‘tkazib kelinayotgan turli fan olim-
piadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. 2018-yilda
yurtimizda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
«Yosh
matematiklar» xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Prezident Sh. Mirziyoyev Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi maktabda yoshlar vakillari bilan uchrashuvda nafaqat mate-
matika, balki fizika bo‘yicha Ahmad al-Farg‘oniy, kimyo bo‘yicha
Abu Rayhon Beruniy, biologiya bo‘yicha Abu Ali ibn Sino va
astranomiya bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomlaridagi xalqaro fan
olimpiadalarini ham tashkil etishni taklif qildi.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zlikni anglash deganda nima tushuniladi?
2. Biz kimlarning avlodlarimiz?
3. 10–15 yildan keyin O‘zbekiston dunyoning rivojlangan 50 ta davlati
qatoriga kirishi nimalarga bog‘liq?
4. Prezident maktabini va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarni, shuning-
dek, ijod maktablarini tashkil etishdan qanday maqsad ko‘zlangan?
Abdulla Qodiriy


175
MUSTAQIL ISH
(Jadvalni to‘ldiring)
Т/r
Maxsus maktablarning nomi
Maxsus maktablarning
maqsadi va vazifalari
1
Prezident maktablari
2
Muhammad al-Xorazmiy maktabi
3
Ijod maktablari
52-§. XXI ASR – ILM-FAN VA TARAQQIYOT ASRI
Nima uchun XXI asr ilm va taraqqiyot asri deb yuritiladi?
 Siz
deyarli har kuni «ilm» so‘zini eshitasiz. Xo‘sh, ilm nima o‘zi?
Ilm dunyoda mavjud bo‘lgan bilimlar tizimidir. «Ilm» so‘zi
o‘rnida «fan» so‘zi ham ishlatiladi. Ular bir ma’noni anglatuvchi
so‘zlardir. Insoniyatning butun tarixi davomida ilm-fan rivojlanib bordi.
Insonning jismoniy mehnatni yengillashtirishga intilishi texnika
sohasida ulkan kashfiyotlar, ixtirolarning yaratilishiga olib keldi.

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə