Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


KIRISH: O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

3
KIRISH: O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM
V at an t a ’ r i f i .
Vatan! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no
bor. Vatan – aziz muqaddas va mo‘tabar yurt.
Yodda tuting!
«Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi.
Vatan – biz tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq.
Vatan – bu oltinbeshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘st-
larimiz bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan
yer. Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir. Vatan – jonajon
shahringiz va qishlog‘ingiz. Insonning qalbi, orzu-umidlari, quvonchlari
va kelajagi Vatani bilan chambarchas bog‘liqdir.
«Muqaddas Vatan» birikmasi «Mo‘tabar ona» birikmasi bilan
yonma-yon turadi. Chunki Vatan ham ona kabi yagonadir. Siz
kinofilmlarda turli sabablarga ko‘ra uzoq muddat chet ellarda bo‘lib,
www.idum.uz
saytidan yuklab olindi


4
o‘z Vataniga qaytgan kishilarning samolyotdan yoki poyezddan
tushgach, tiz cho‘kib, ona Vatanlarining tuprog‘ini o‘pganlarini va
ko‘zlariga surtganlarini ko‘rgansiz. Bu manzarada ularning Vatanga
bo‘lgan muhabbatlari, Vatanning sajdagohdek muqaddas ekanligining
yorqin namunasini ko‘ramiz.
O‘zbekiston – bizning Vatanimiz. 
O‘zbekiston o‘tmishda Turon,
Movarounnahr va Turkiston nomlari bilan ataldi. Yurtimiz o‘zining
go‘zal tabiati, unumdor tuprog‘i, bitmas-tuganmas boyliklari bilan
doim barchaning e’tiborini tortib keldi.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
(H. Olimjon)
Davlatimiz sal kam uch ming yillik tarixga ega. Bu davrlarda
mamlakatimizdan jahon ilm-fanining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan
buyuk allomalar (olimlar) yetishib chiqdi. Siz, aziz o‘quvchilar,
Vatanimiz O‘zbekistonning kelajagisiz. Bugun O‘zbekiston dunyoning
rivojlangan 50 ta davlatidan biri bo‘lishga intilmoqda. Davlatimiz
kelajagi esa Siz kabi yoshlar qo‘lida. Hech shubha yo‘qki, Siz Vatanimiz
kutganidek uning koriga tayanch bo‘ladigan o‘g‘il-qizlar bo‘lib voyaga
yetasiz.

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə