Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

10
Grigoriy kalendari
1
Q. Rajabov va boshq. Jahon tarixining muhim sanalari (keyingi o‘rin-
larda: JTMS). – T.: «Sharq» NMAK, 2011. 85-bet.

Q. Rajabov va boshq. JTMS. – T.: «Sharq» NMAK, 2011. 197-bet.
bo‘lgan. Aks holda, Nil daryosi toshsa, ekinlarni yuvib ketardi. Kun-
dalik kuzatuvlar daryoning keyingi toshqiniga qadar oradan 365 kun
o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni 30 kundan,
12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kunni
bayram kunlariga ajratib, yil oxiriga
qo‘shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu
tariqa dastlabki kalendar vujudga keldi.
Biroq misrliklar yil hisobida 6 soatga yang-
lishgan edilar. Bu 6 soatlik farq har 4 yilda
bir sutkalik xatolikni keltirib chiqargan.
Yuliy kalendari.
Qadimgi Rim davlati
hukmdori Yuliy Sezar mil. avv. 46-yilda
yangi kalendar joriy etdi va yil boshini 1-
yanvarga ko‘chirdi. Yangi kalendar Yuliy
kalendari deb ataladi.
1
Misrliklar kalendarida har 4 yilda
to‘planib qoladigan bir kunni yo‘qotish
uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta
29 kun davom etadigan qilib belgilanadi.
Fevral oyi 29 kun bo‘lib keladigan yilda
bir yil 366 kunni tashkil etadigan bo‘ldi.
Biroq Yuliy kalendarida yil hisobi har
400 yilda 3 kunga orqada qolib bordi. Oqi-
batda, 1582-yilda bahorgi tengkunlikning
21-martga emas, 11-martga to‘g‘ri kelib
qolishi xavfi tug‘ildi.
Grigoriy kalendari.
 1582-yilda yangi
kalendar joriy etildi. Unga ko‘ra, 1582-
yilning 4-oktabr kuni nihoyasiga yetgach,
birdaniga 15-oktabrga o‘tildi, ya’ni o‘r-
tadagi 10 kun tashlab yuborildi.
2
Yuliy
kalendari bo‘yicha yil hisobida vujudga
Yuliy Sezar


11
kelgan 10 kunlik farqqa shu yo‘l bilan barham berildi. Bahorgi
tengkunlik yana 21-martga qaytdi.
Avvalgi xatolik boshqa takrorlanmasligi uchun fevral oyining har
400 yilda 100 marta o‘rniga 97 marta 29 kun, har 400 yilda 300 marta
o‘rniga 303 marta 28 kun bo‘lib kelishi belgilab qo‘yildi. Dunyoning
juda ko‘p davlatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham kundalik hayotda
mazkur kalendardan foydalaniladi. Bu yangi kalendar cherkov rahbari
Grigoriy boshchiligida yaratilganligi uchun unga «Grigoriy kalendari»
deb nom berildi.

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə