Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

O‘zingizni sinang


Kalendar – bu ... .


Misr kalendaridagi xatolik ... kunni tashkil etgan.


Yuliy kalendaridagi xatolik ... kunni tashkil etgan.


Grigoriy kalendari ... yilda qabul qilindi.
Atama mazmunini bilib oling
Tengkunlik – kunduz ham, tun ham 12 soatga teng bo‘ladigan kun.
Savol va topshiriqlar
1. Kalendar va uning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Nima uchun bir yil 365 yoki 366 kundan iborat ekanligini izohlab
bering.
3. Qadimgi misrliklar kalendarni qanday yaratgan edilar va bu kalen-
dardagi xatolik nimadan iborat edi?
4. Yuliy kalendarini misrliklar kalendari bilan taqqoslang.
5. Grigoriy kalendarining joriy etilishiga nima sabab bo‘ldi va unda
Yuliy kalendaridagi xatolik qanday bartaraf etildi?
MUSTAQIL ISH
Kalendarlarni taqqoslang va jadvalni to‘ldiring
Kalendarlar
Kalendarlarda yil hisobida
yo‘l qo‘yilgan xatoliklar
Xatoliklarni tuzatish uchun
nimalar qilindi?
Misrliklar kalendari
Yuliy kalendari
Grigoriy kalendari


12
4-§. XRONOLOGIYA HAQIDA
Aziz o‘quvchilar! Tarix fanini o‘rganib borar ekansiz, tarixda
sodir bo‘lgan voqea va hodisalarning qachon va qanday
vaziyatlarda ro‘y berganini anglab borasiz. Yuz bergan tarixiy
voqealarning sababi va natijasi esa yillar davomida ketma-ket aks etib
boraveradi. Unutmangki, u yoki bu tarixiy voqea biror-bir asossiz
tarixga yozilib qolmaydi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalarning
vaqtini aniqlash juda muhimdir. Tarixiy sanalarni bilmay turib, tarix
fanini mukammal yaratib ham bo‘lmaydi. Tarixda yuz bergan voqea
va hodisalarning vaqtini aniqlashda tarixchi olimlar xronologiya faniga
murojaat qiladilar. Tarixda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar tarix fanining
asosiy poydevori hisoblanadi.

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə