Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

Mazkur amaliy darsda:
1) har bir o‘quvchi o‘z viloyati, shahri, tumani, qishlog‘i va ma-
hallasining tashkil topgan sanasini yozadilar;
2) har bir o‘quvchining o‘z viloyati, shahri, tumani va qishlog‘ining
nomi qanday ma’no anglatishini bilganlaricha yozadilar;
3) yuqorida qayd etilgan hududiy birliklarda qanday soha obyektlari
mavjudligini qayd etadilar;
4) bu hududiy birliklarda mustaqillik yillarida nimalar bunyod
etilganligini aniqlaydilar;
5) mazkur hududiy birliklarda yashovchi mashhur kishilar –
O‘zbekiston qahramonlari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, senatorlar,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining
nomlarini qayd etadilar;
6) o‘zlarining kimga havas qilishini qayd etadilar;
7) Vatan ravnaqiga xizmat qilish uchun kim bo‘lmoqchiligini qayd
etadi.
Izoh. O‘qituvchi mavjud sharoitdan kelib chiqib, o‘quvchilarga
berilayotgan topshiriqlarni o‘zgartirishi mumkin.
3-§. KALENDARLAR TARIXIDAN
Kalendar tarixi. 
Barchamiz kundalik hayotimizda kalendardan
foydalanamiz. Xo‘sh, kalendar insonlar hayotiga qanday kirib
kelgan? «Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «har oyning
birinchi kuni» degan ma’noni anglatadi. Hayotimizda esa kalendar
vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo‘lib hisoblanishidir.
Kalendarda yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo‘yilgan. Kalendar
o‘zbek tilida «taqvim» deb ham ataladi.
Kalendarning vatani. 
Dastlabki kalendar Qadimgi Misrda yaratildi.
Bunga misrliklarning Nil daryosining suvisiz yashay olmasligi sabab
bo‘ldi. Misrliklar daryoning u toshqinidan yanagi toshqiniga qadar
oradan qancha vaqt ketishini aniq bilishlari shart edi. Chunki toshqinga
qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni ta’mirlab qo‘yishlari lozim



Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə