Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q».
 Dunyodagi zo‘ravon kuchlar qaysi
bir xalqni o‘ziga tobe qilmoqchi, bo‘ysundirmoqchi bo‘lsa, avvalo uni
oliy qadriyati bo‘lgan tilidan, tarixidan va ma’naviyatidan judo qilishga
urinadi. Bizning o‘tmish tariximiz bunga guvoh. Shuning uchun ham
Vataningiz tarixini puxta bilishingiz zarur. Birinchi prezidentimiz Islom
Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida
«O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi
yo‘q», deb bejiz ta’kidlamaganlar. Bu hikmatli so‘z Sizni Vatanimizning
nafaqat uzoq o‘tmishdagi tarixini, ayni paytda kechagi tarixini ham
chuqur egallashga da’vat etadi. Vatanimizning o‘tmishi buyuk, uning
kelajagi ham, shubhasiz, buyukdir. O‘tmishdagi buyuklik nimalardan
iborat bo‘lganligini va kelajakdagi buyuklik yo‘lida qanday ulkan
www.idum.uz
saytidan yuklab olindi


5
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini tarix fanini bosqichma-
bosqich o‘rganish orqali bilib olasiz.
«Tarixdan hikoyalar» darsligi bilan ishlash. 
Qo‘lingizdagi darslik
Sizni tarixning sirli olamiga sayohatga yetaklaydi. Siz mavzularni o‘rga-
nishdan oldin ularning sarlavhasini e’tibor bilan o‘qing.
«Yodda tuting!» 
deb to‘g‘ri to‘rtburchak ichida ajratib yozilganlarni
eslab qolishga harakat qiling.
«Diqqat bilan o‘qing!»
 topshirig‘i Sizni to‘g‘ri to‘rtburchak ichidagi
matnning mazmuni haqida mulohaza yuritishga undaydi.
«O‘zingizni sinang»
topshirig‘i esa darsda olgan bilimlaringizni
mustahkamlashingizga xizmat qiladi.
«Mustaqil ish»
uchun berilgan topshiriqlar Sizda zarur ko‘nikma
va malakalarning shakllanishiga xizmat qiladi.
Mustaqil ish
sizning tarixdan olayotgan bilimingizning ko‘zgusi
ekanligini unutmang.
Har bir fanning, shu jumladan, tarix fanining ham o‘ziga xos
atamalari bor. Shuning uchun ham darslikka 

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə