Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

Arxeologlar ish
jarayonida
Arxeologik
topilmalar


19
O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlan-
tirishda o‘zbek olimi Muso Saidjonov, keyin-
chalik Yahyo G‘ulomov kabi arxeolog olimlarning
xizmatlari katta bo‘ldi.
Yodda tuting!
«Akademik Yahyo G‘ulomov o‘z davrining fidoyi
allomasi bo‘lgan».
1
Suvosti arxeologiyasi.
 Suvosti arxeologiyasi
arxeologiya fanining yordamchi sohasi hisob-
lanadi. Uning tarixi XX asr boshida grek
baliqchilari tomonidan qadimiy haykalni olib
ketayotgan kema g‘arq bo‘lgan joy topilgan
vaqtdan boshlandi.
Fransuz olimi Jak Iv Kusto tomonidan
akvalangning yaratilishi insoniyatning suvosti
merosini o‘rganishini yanada yengillashtirdi.
Suvosti arxeologiyasi dengiz yoki daryolar sathi
ko‘tarilishi oqibatida suv ostida qolib ketgan
yodgorliklarning qoldiqlarini izlab topish orqali
o‘tmishdagi kishilar hayoti, ularning turmush
tarzi va madaniyatini o‘rganadi.
Atama mazmunini bilib oling
Akvalang – odamning suv ostida bemalol nafas olib suzishiga hamda
ishlashiga imkon beruvchi havo to‘ldirilgan ballonlardan tayyorlangan
maxsus qurilma.
2
Savol va topshiriqlar
1. Arxeologiya nimani o‘rganadi?
2. Arxeologiya tarix fanini o‘rganishda qanday o‘rin tutadi?
Yahyo G‘ulomov

Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». – T.: «O‘z-
bekiston» NMIU, 2008. 166-bet.
2
O‘TIL. – T.: «O‘zME». 2007, 1-jild. 61-bet.
Arxeologlar
 
suv
ostida


20
Ptolemey xaritasi
3. O‘zbekistonning arxeolog olimlari ishlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Suvosti arxeologiyasining ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Siz yashayotgan hududda arxeologik qazishma ishlari olib borilganmi?
Agar olib borilgan bo‘lsa, u haqda qisqacha ma’lumot to‘plang.

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə