Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Abu Rayhon Beruniy xaritasi



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

Abu Rayhon Beruniy xaritasi


22
Afsuski, bu globus Ulug‘bekning o‘limidan keyin yo‘q qilib yubo-
rildi. XV asr oxirlarida esa nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym
«Yer olmasi» deb atalgan globusni yaratdi.
Bu globus o‘zida Amerika qit’asining kashf etilishi arafasidagi
Yer yuzasini aks ettirgan.
O‘zingizni sinang


Xarita – bu ... .


Dunyoda birinchi mukammal globusni ... yaratgan.
Zamonaviy xaritalar.
 Hozirgi tarix va geografiya darslarida za-
monaviy xaritalardan foydalaniladi. Ular har tomonlama mukammal
bo‘lgani uchun zamonaviy xarita deyiladi. Tarix darslarida, asosan,
«Dunyo siyosiy xaritasi»dan, mavzuli xarita, shuningdek, «O‘z-
be kist on R esp ubli kasinin g si yosiy-m a’m uriy xar ita si»d an
foydalaniladi.
Hozirgi dunyoning xaritadagi tasviri


23
Dunyo siyosiy xaritasi jahondagi davlatlarning qit’alar bo‘yicha
bugungi joylashuvi holatini aks ettiruvchi xaritadir. Siyosiy xaritada
davlatlarning nomi, chegaralari va davlat poytaxtlari aks etgan bo‘-
ladi.
«Siyosiy-ma’muriy xarita»da esa davlatdagi viloyatlar, tumanlar
aks ettiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-ma’muriy
xaritasida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta
viloyatning nomlari va markazlari aks etgan. Ayni paytda davlatimiz
chegarasi ham belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududining xaritadagi tasviri
Atama mazmunini bilib oling
Rasadxona – maxsus asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish
bilan shug‘ullanuvchi ilmiy muassasa.
1

O‘TIL. – T.: «O‘zME», 2003. 3-jild. 351-bet.



Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə