Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

oraliq vaqtni aniqlang
1441-yil, 1198-yil
622-yil
Miloddan avvalgi 329-yil
1989-yil, 1991-yil
1258-yil
Miloddan avvalgi 1200-yil
Atama mazmunini bilib oling
Payg‘ambar (xabar keltiruvchi) – Xudoning so‘zlarini, ko‘rsatmalarini
bandalari (kishilar)ga yetkazuvchi vakil, elchi.
1
Savol va topshiriqlar
1. Milod va era tushunchalarining mazmuniga izoh bering.
2. «Miloddan avvalgi» iborasi nimani anglatadi?
3. Qadimda yil hisobi qanday olib borilgani haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Milodiy va hijriy yil hisoblariga qanday voqealar asos qilib olingan-
ligini taqqoslang, ularning o‘xshash va farq qiluvchi jihatlarini
aniqlang.
QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Muchal yil hisobi.
Muchal yil hisobi «xosiyatli» va «muqaddas» deb
hisoblangan 12 ta hayvonning nomi (sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon,
ot, qo‘y, maymun, tovuq, it va to‘ng‘iz) bilan atalgan 12 yillik davriy yil
hisobidir.
Bu hayvonlar kishilar hayotida muhim o‘rin tutgan. Ajdodlarimiz bu yil
hisobidan o‘z yoshlarini aniqlashda ham foydalanganlar.
Bundan 2300 yilcha oldin qo‘llanila boshlagan muchal yil hisobining asosida
kishilarning tug‘ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash va ularning har
12 yillik yoshini bir muchal yoshi deb hisoblash belgilangan. Kundalik hayotimizda
muchal yili nishonlanib kelinmoqda.
Muchal yil hisobi bo‘yicha sharqiy Yangi yil – 22-martdan boshlandi.
2 – Tarixdan hikoyalar, 5


18
6-§. TARIXNI O‘RGANISHDA ARXEOLOGIYANING
O‘RNI
Arxeologlar qanday ishlaydilar?
Arxeologiya – o‘tmishni
moddiy manbalar – yodgorliklar asosida o‘rganuvchi fan.
Yodda tuting!
Arxeologiya so‘zi lotincha arxeo – qadimgi va logos – fan, ta’limot
so‘zlaridan iborat bo‘lib, «qadimshunoslik» degan ma’noni anglatadi.
Arxeologiya fani bilan shug‘ullanuvchi
olimlar arxeolog (qadimshunos)lar deb ataladi.
Tarixda hech narsa izsiz yo‘qolib ketmaydi.
Ana shu izni topish arxeologiya fanining
vazifasidir.
Arxeologlar o‘tmishga oid turli topilmalar
(mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-
yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar,
sug‘orish inshootlari va boshqalar)ning
qoldiqlarini o‘rganadilar. Shu asosda o‘tmish
haqida ma’lumotlar to‘playdilar. Barcha topil-
malar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.
Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiya-
tining yozma tarixigacha bo‘lgan davrini
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Arxeologlar dastlab qazilma ishlari o‘tka-
ziladigan joylarni belgilab oladilar. So‘ng qazish
ishlarini amalga oshiradilar. Topilgan yodgorlik-
ning yoshi va yaratilgan davri aniqlanadi.
O‘zbekiston olimlari arxeologik qazishmalar
natijasida topilgan yodgorliklarni o‘rganish
orqali Samarqand shahrining 2750, Qarshi va
Shahrisabz shaharlarining 2700, Buxoro, Xiva
shaharlarining 2500 va Toshkent shahrining 2200
yoshdaligini aniqladilar.

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə