Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Yüklə 35,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/135
tarix29.11.2023
ölçüsü35,56 Mb.
#142204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
www.idum.uz Tarixdan hikoyalar 5 uzb

«Atamalar mazmunini
bilib oling»
topshirig‘i bejizga kiritilmagan. Atamalar ma’nosini bilib
olish tarix fanini yaxshi anglashga xizmat qiladi.
«Savol va topshiriqlar»
 qismi kelgusi darsga tayyorlanishingizda
yordam beradi.
Darslikni avaylab tuting. Chunki sizdan keyin bu darslikdan uka va
singillaringiz foydalanishadi. Bu Sizning o‘quvchilik burchingizdan
biri ekanligini doimo yodda saqlang.
Savol va topshiriqlar
1. «Vatan» tushunchasiga ta’rif bering. Siz darsligingizda bu tushunchaga
berilgan ta’rifga yana nimalarni qo‘shgan bo‘lardingiz?
2. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» degan hikmatli iboraning mazmuni
haqida nimalarni ayta olasiz?
3. Vatan haqida qanday she’rlarni yod olgansiz?
4. Maktabingiz kutubxonasidan Vatanimizni dunyoga tanitgan buyuk
siymolar, vatanparvar qahramonlar haqidagi kitoblar nomlarini
aniqlang.
www.idum.uz
saytidan yuklab olindi


6
I bob.
TARIX
 

 
O‘TMISH
GUVOHI VA
BUGUNGI KUN
UCHUN IBRAT
MAKTABI
1-§. TARIX FANI NIMANI O‘RGANADI?
Tarix o‘tmish haqidagi fandir.
Yodda tuting!
«Tarix» arabcha so‘z bo‘lib, «o‘tmish», «o‘tgan voqealar haqida hikoya»
degan ma’nolarni anglatadi.
Tarix odamlarning eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bosib
o‘tgan hayot yo‘lini aks ettiradi. Bugungi hayotni qanday qurganligi,
odamlarning uzoq va yaqin o‘tmishda nima bilan mashg‘ul
bo‘lganliklari haqida ma’lumot beradi. Ularning qanday yasha-
ganliklari hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini o‘rga-
tadi.
Tarixiy manba. 
Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo‘sh,
tarixiy manba nima o‘zi?

Yüklə 35,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə