Umumiy pedagogika


Ta’lim tizimini boshqarish ta’lim menejmenti deb yuritiladi. Ta’lim menejmentining vazifalariga quyidagilar kiradi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə17/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Ta’lim tizimini boshqarish ta’lim menejmenti deb yuritiladi. Ta’lim menejmentining vazifalariga quyidagilar kiradi

  • ta’lim menejmentini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish;

  • uni izchil rivojlantirish;

  • davlat tomonidan boshqarish;

  • ta’lim muassasalarini turli darajada boshqaradigan organlar faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi «Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etish;

  • ta’limning normativ – huquqiy bazasini rivojlantirish.


O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarishda umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish boʻyicha quyidagi vakolatlarga egadir:



  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

  • ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;

  • ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;

  • davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;

  • davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot toʻg‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

  • davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

  • davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash;

  • ta’lim oluvchilarning akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibini belgilash; shunigdek, qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning Respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi oʻrni va roli.
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlari – tegishli vazirliklar, chunonchi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, markazlar, xususan, Respublika ta’lim Markazi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaz, viloyat shahar va tuman xalq ta’limi boʻlimlari ham ishtirok etadilar.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə