Umumiy pedagogika


Tarbiya jarayonining mohiyati, uning oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə25/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Tarbiya jarayonining mohiyati, uning oʻziga xos xususiyatlari
Tarbiya yosh avlodni ma’lum maqsad yoʻlida kamol toptirish, uning ongi va xulq-atvorini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidir. Turli ta’riflarda tarbiya mazmuni turlicha talqin qilinsa ham, ularni bitta xususiyat-yosh avlodni kelgusi hayotga tayyorlashga yoʻnaltirilganligi birlashtirib turadi. Turli jamiyatda, har-xil shart-sharoitda tarbiyaning maqsadi, mazmuni va amalga oshirish imkoniyatlari ham turlicha boʻladi. Tarbiya jarayoni aniq tarixiy sharoitda aynan oʻsha davr uchun dolzarb boʻlgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmuidir9.
Demak, tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vositalari u amalga oshirilayotgan jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liq boʻladi. Shu boisdan ham qadimdan axolinining chorvachilik, dehqonchilik yoki boshqa soha bilan shug‘ullanishidan kelib chiqqan holda tarbiya jarayoni ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan.
Tarbiyaning bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotganligini xususida, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagicha fikr yuritadi; “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bog‘liq.
Shaxs hayoti davomida juda koʻp stixiyali va maqsadli ta’sirlarga duch keladi. Muhit, obyektiv borliqning ta’siri shaxs uchun, tarbiya uchun boshqarilmaydigan ta’sirlar sirasiga kirsa, Ota-onalar, tarbiyachilar, maktab oʻqituvchilarining ta’siri boshqariladigan ta’sirlar hisoblanadi. Koʻpchilik tarbiyaviy ta’sirlar yig‘indisi shaxs darajasida maqsadli oʻzgarishlarni keltirib chiqara oladigan yagona tarbiya jarayoniga aylanadi.
Agar hayvonot dunyosida asosan instinktlar yordamida rivojlanadigan boʻlsa, inson bolasi aynan tarbiya, ya’ni maqsadli tashkiliy – uslubiy ta’sirlar yordamida kamolga yetadi. Bu ta’sirlar oiladagi an’analar va urf – odatlarga tayanadigan boʻlsa, ta’lim muassasalarida maxsus ma’lumotlarga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Shu boisdan, oʻzining kelajagini, ertangi kunini oʻylaydigan davlat, jamiyat birinchi navbatda yosh avlodga, uning ta’lim-tarbiyasiga asosiy e’tiborni qaratadi. Yosh avlod taqdiriga befarq boʻlgan jamiyatning ertangi kuni tanazzulga yuz tutadi.
“Ta’lim-tarbiya oʻzaro uzviy bog‘liq boʻlgan bir jarayonning – shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonining ikki tomonidir. Tarbiya oʻsib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlash jarayonini, shu jumladan ta’lim va bilim olishni ham oʻz ichiga oladi. Bir butun tarbiya jarayonida uning oʻzaro bog‘liq boʻlgan ikki qismi ajratiladi: hayotni bilish va unga munosabatni shakllantirish. Hayotni bilish asosan ta’limning vazifasi boʻlsa, tarbiyaning vazifasi unga nisbatan munosabatni shakllantirishdan iborat”10.
Darhaqiqat, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy pozitsiyasi uning turli vaziyatlardagi xulq-atvorni belgilab beradi. Shaxsning pozitsiyasi qanchalik aniq va barqaror boʻlsa, hayot sharoitlarining salbiy ta’siri shunchalik kam boʻladi. Barqaror qarashlar va mustahkam e’tiqodga ega boʻlgan shaxsning oʻzi atrofidagilarga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Tarbiya bir butun jarayon boʻlib, uning turlarga boʻlinishi ham mazkur murakkab jarayonni chuqurroq tahlil qilish va oʻrganish maqsadida shartli ravishda amalga oshiriladi. Xohlagan oʻqituvchidan “Oʻquvchilarni oʻqitish osonmi yoki ularni tartibga chaqirib, sinfni tinchlantirishmi?” – deb soʻrasangiz, bir ovozdan “Sinfda tartib boʻlsa, oʻqitish juda oson”. – deb javob berishadi. Oʻzimiz ham shunday javob bergan boʻlardik. Buning boisi nimada?
Chunki, tarbiya oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oʻta murakkab jarayon. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. Tarbiyaning maqsadga yoʻnalgan jarayon ekanligi. Maqsad qay darajada aniq va tarbiyalanuvchiga yaqin boʻlsa, bu jarayon shuncha samarali kechadi.

  2. Tarbiyaning kompleksli amalga oshirilishi. Bu jarayonning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakl va metodlarining birligi shaxsni yaxlit holda tarbiyalash g‘oyasiga boʻysunganligini anglatadi. Shaxs sifatlari navbatma – navbat emas, bir vaqtning oʻzida kompleksli shakllanadi.

  3. Tarbiya jarayonining ikki tomonlama jarayon ekanligi. Bu jarayonda tarbiyalanuvchining oʻzi ham faqat obyekt boʻlmasdan, subyekt sifatida ham ishtirok etishini bildiradi. Bolaning xohish-istagi, qiziqish va imkoniyatlari ham inobatga olingan taqdirdagina tarbiya samarali kechishi mumkin.

  4. Tarbiyaning koʻp qirrali jarayon ekanligi. Uni amalga oshirishda oila, maktab, davlat va nodavlat tashkilotlari, sport, san’at, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, adabiyot va televideniya ham ishtirok etishini anglatadi.

  5. Tarbiya jarayonining uzoq muddatliligi. Bola dunyoga kelishidan to umrining oxiriga qadar davom etishini bildiradi.

  6. Tarbiya natijasini tezda aniqlab boʻlmasligi. Ta’lim (dars) natijasini uy ishining bajarilishi sifatiga qarab, keyingi darsda tezda aniqlash mumkin boʻlgani holda, tarbiyaning bolaga qanday ta’sir koʻrsatishini yoki qachon oʻzining natijasini berishini oldindan aniqlab boʻlmaydi. Chunki kishi hayoti davomida unga turli omillarning ta’siri kuchayib yoki susayib turishi mumkin. Shuningdek, tarbiya natijasi tarbiyalanuvchining xarakteri, temperamentiga ham bog‘liq boʻlishini unutmasligimiz zarur.

Pedagogik psixologiyada tarbiya jarayonining quyidagi tarkibiy qismlari oʻzaro bog‘liq holda ajralib chiqib, rivojlanib kelmoqda:

  • oʻsib kelayotgan yosh avlodning kattalar tomonidan tarbiyalanishi;

  • tarbiyalanuvchilarning oʻzini-oʻzi tarbiyalashi;

– tengdoshlarning biri-birini oʻzaro tarbiyalashi – kichiklarning kattalar tomonidan, kattalarning kichiklar tomonidan va tarbiyalanuvchilarning shaxsiy oʻzini-oʻzi tarbiyalashi;

  • tarbiyalanuvchilar tomonidan tarbiyachilarning tarbiyalanishi (ochiq va yopiq)11.

Tarbiya jarayonini tashkil etishda uning yuqorida qayd etilgan xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Zero, mafkuraviy tahdidlar, xalqaro terrorizm xavfi kuchaygan, axborot-kommunikasiya texnologiyalari rivojlangan bugungi kunda bola tarbiyasini faqat Ota-ona yoki maktab zimmasiga yuklab qoʻyish mumkin emasligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan doimo ta’kidlab kelinmoqda. Jumladan, Ota-ona, maktab, mahalla, huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borgandagina yoshlar tomonidan huquqbuzarlik holatlari sodir etilishi oldini olish maqsadida respublikamizda profilaktika inspektorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda, ularning mehnatini yanada rag‘batlantirish choralari koʻrilmoqda.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə