Umumiy pedagogika


Tarbiyaning asosiy tamoyillari va turlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə26/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Tarbiyaning asosiy tamoyillari va turlari
Tarbiya jarayonining tamoyillari (tarbiya tamoyillari) – bu tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkiliy jihatlariga boʻlgan talablar aks etgan asosiy boshlang‘ich qoidalardir. Ular tarbiya jarayonining xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi va pedagogik jarayonning umumiy tamoyillaridan farqli ravishda, bu pedagoglarning tarbiyaviy masalalarni hal qilishida rahbarlik uchun qoʻllanidigan umumiy qoidalardir.
Dastlab ushbu tamoyillarga qoʻyiladigan talablarni tavsiflaymiz.
1
1. Majburiylik
.Tarbiya tamoyili – bu maslahat, tavsiya emas; ular majburiy va toʻliq amaliyotga tatbiq etilishi talab qilinadi.

2
2. Komplekslilik
.
Tamoyillar komplekslilikni talab qiladi va tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida alohida, navbatma – navbat emas, bir vaqtning oʻzida qoʻllaniladi.
3
3. Ahamiyati jihatidan tenglik
.
Tarbiya tamoyillari umumiy fundamental qoidalar singari teng ahamiyatlidir. Ular orasida birinchi boʻlib amalga oshirishni talab qiluvchi asosiylari va ertangi kunga qoldirish mumkin boʻlgan ikkinchi darajalilari yoʻq.
Barcha tamoyillarga bir xil diqqat bilan qarash tarbiya jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.
Shunga qaramasdan, tarbiya tamoyillari – bu tarbiyachilar rahbarlik uchun tayanib, avtomatik tarzda yuqori darajadagi natijalarga erishishni ta’minlaydigan tayyor tavsiyalar yoki universal qoidalar emas.
Ular tarbiyachining maxsus bilimlarining ham, mahoratining ham oʻrnini bosa olmaydi.12
Hozirgi kunda tarbiya tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • tarbiyaning ijtimoiy yoʻnalganligi;

  • tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi;

  • tarbiyada bola shaxsining ijobiy jihatlariga tayanish;

  • tarbiyada individual yondashuv;

  • tarbiyaviy ta’sirlar birligi.

Endi tarbiya tamoyillariga batafsilroq toʻxtalib oʻtamiz.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə