Umumiy pedagogika


1.Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə27/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

1
1.Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi
.
Tarbiyachi oʻz faoliyatida davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. Davlat xizmatidagi shaxs sifatida u tarbiya jarayonida davlat buyurtmasini bajaradi. Ammo u bola shaxsiga monopolist sifatida emas, xalqning vakolatli vakili sifatida munosabatda boʻlishi kerak. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib shuni ta’kidlash kerakki, bugun Oʻzbekistonda yosh avlod tarbiyasida ijtimoiy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilda “Yoshlar ittifoqi”ning tuzilganligi, yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va hissasini oshirish choralari koʻrilayotganligi fikrimiz isbotidir. Oliy ta’lim muassasalarida “Miliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kursi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” fanining oʻquv jarayoniga kiritilishi ham aynan shu maqsadga – yoshlar tarbiyasini ijtimoiy yoʻnaltirish, ularni davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchini anglaydigan shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan.
2
2. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi.
. Bolani real hayotdan, mehnat faoliyatidan ajralgan holda tarbiyalash mumkin emasligini qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi bilganlar. Tarbiyalanuvchini yoshlikdan ijtimoiy faol hayotga jalb qilish uning jamiyatda tezda oʻz oʻrnini topishiga, tezroq oddiy mehnat koʻnikmalarini egallab borishiga zamin hozirlaydi. Mehnat faoliyatiga jalb etish kechikkani sayin, bolaning umumiy rivojlanishi ham kechika boradi.

Zero, mehnat faoliyati davomida bola kattalar bilan muloqot qiladi, ularning topshiriq va koʻrsatmalarini bajaradi, xulq-atvor asoslarini egallaydi. Shu boisdan, bolani oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, umumiy oʻrta ta’lim maktabida mehnat faoliyatiga jalb etib borish yaxshi samara beradi. Oilada boʻlib oʻtadigan boshqa tadbirlarda, masalan birgalikdagi mehnat jarayoni, toʻy va marosimlarda ishtirok etishi ham bola dunyoqarashini kengaytiradi, kattalar oʻrtasida oʻzini tutish, ular bilan toʻg‘ri muloqot qilish koʻnikmasini rivolantiradi. Bu koʻnikma bolaning kelajak faoliyatida qoʻl keladi, albatta. Eng asosiysi, mehnat faoliyatida ishtirok etish mehnatning qadrini bilish, oʻzgalar mehnatini hurmat qilishga oʻrgatadi. Mehnat darsida biron buyumni yasaganda oʻz mehnati mahsulini koʻrib quvonadi, ruhan koʻtarinkilikni his qiladi. Mehnat bolaning irodasini chiniqtiradi, qiyinchiliklarga bardosh berishga, kelajakka ishonch bilan yashashga oʻrgatadi.
3
3. Tarbiyada bola shaxsining ijobiy jihatlariga tayanish. yo’nalganligi
. Tarbiyachi birinchi navbatda tarbiyalanuvchini hurmat qilishi, uning ijobiy yoki salbiy jihatlarini qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilishi kerak. Tarbiya jarayonida bola shaxsidagi ijobiy xislatlarni koʻpaytirish hisobiga uning salbiy jihatlari bartaraf etib boriladi. Tajribali pedagoglar boshqalarga nisbatan shoʻxroq bolalarda ham ijobiy sifatlarni koʻra oladilar. Ayrim tarbiyachilar bunday bolalarga doimo tanbeh berib, nuqsonlarini tanqid qiladilar. Bunday munosabat ularda umidsizlik uyg‘otadi, oʻzlariga boʻlgan ishonchni soʻndiradi. Aksincha, Ota-onalar va oʻqituvchilar bola xulqidagi ijobiy jihatlarni topib, ularni yanada koʻpaytirishga harakat qilishlari lozim. Ta’lim jarayonida yetarli darajada oʻzini namoyon qila olmagan oʻquvchi sportda, mehnatda yoki tashkilotchilikda boshqalardan ustun boʻlishi mumkin. Pedagoglar va ota-onalar tomonidan aynan shu jihatlarga boʻlgan e’tibor ularda oʻziga nisbatan ishonch uyg‘otadi va oʻqishda ham ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlishiga muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Taniqli pedagog Sh.Amonashvilining pedagogik faoliyati tarbiyada ijobiy jihatlarga tayanish tamoyili bunga yaqqol misol boʻla oladi.

4
4. Tarbiyaning insonparvarligi.
. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining birinchi moddasida “Hamma odamlar oʻz qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng boʻlib tug‘iladilar.

Ularga aql va vijdon ato qilingani, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda boʻlishlari kerak”, – deyilgan. Aynan shu tamoyil ta’lim-tarbiya jarayonini ham insonparvarlik ruhida tashkil etish uchun asos vazifasini oʻtashi lozim. Insonparvarlik tamoyili quyidagilarga asoslanadi:

  • tarbiyalanuvchining shaxsiga insonparvarlik nuqtayi nazaridan yondashish;

  • uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish;

  • tarbiyalanuvchiga uning imkoniyatlari darajasidagi talablarni qoʻyish;

  • tarbiyalanuvchining fikrini hurmat qilish;

  • tarbiya jarayonida jismoniy jazo choralarini qoʻllamaslik va boshqalar.

Ammo ta’lim-tarbiya jarayonida haddan tashqari talabchanlik yoki koʻngilchanlik qilish ham mumkin emas. Bu borada koʻrsatmalar ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalarida batafsil bayon qilingan boʻlishi zarur. Zero, Abu Nasr Forobiy ham bolaga nisbatan dastlab yumshoq usulni, bu natija bermasa jiddiyroq usulni qoʻllash maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan edi.
5
5. Tarbiyada individual yondashuv.
. Tarbiyalanuvchining shaxsiy sifatlariga tayanib ish koʻrishni, uning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olishni nazarda tutadi.

Shaxsiy sifatlar tarbiya uchun oʻta muhim tavsiyalarni oʻzida aks ettiradi – shaxsning yoʻnalganligi, qadriyatlari tizimi, hayotiy rejalari, faoliyati va xulq-atvori motivlari.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə