Umumiy pedagogika


Baynalminal (tolerantlik) tarbiya



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə30/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Baynalminal (tolerantlik) tarbiya – millati, irqi, urf–odati, qayerda istiqomat qilishidan qat’iy nazar turli millat bolalari bilan ahil, doʻstona yashash ruhida tarbiyalash. “Baynalminal” arabcha soʻz boʻlib, “millatlararo” degan ma’noni anglatadi.
Insoniyat tarixi turli millat va elatlar orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy aloqalar oʻrnatib, ularni tobora mustahkamlanib borishi jarayonidir, mazkur munosabatlarsiz esa ijtimoiy taraqqiyot amalga oshmaydi. Xalqlar oʻrtasidagi baynalminal aloqalar milliy ong va Oʻz–oʻzini anglash, milliy ozodlik hamda mustaqillik g‘oyalarining shakllanishi va tarqalishiga, ilm-fan, texnika, madaniyat va ma’rifat sohalaridagi yutuqlarning ayirboshlanishiga keng yoʻl ochib berdi. Baynalminalchilik umuminsoniy hodisa boʻlib, barcha xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyot sari harakatining, mustaqillik va milliy ozodlik kurashining g‘oyat zoʻr omilidir. Baynalminalchilik oʻzga xalqlarning qahramonlik tarixini, ularning yaxshi an’analari, mehnatdagi yutuqlari, umuminsoniyatning yaratuvchilik ishiga qoʻshgan hissalarini chuqur bilish asosida rivojlanadi. Lekin baynalminalchilik faqat aql va hissiyotning hosilasi emas. Bundan tashqari, albatta, u umumiy boylikni birgalikda yaratish borasida shakllanadigan kishilar oʻrtasidagi vatanparvarlik va axloqiy birlikni ham anglatadi16.
Vatanparvarlik tarbiyasi – bolalarni oʻz yurtiga, Vataniga muhabbatli va sadoqatli qilib tarbiyalashdir. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan vatanparvarlik kishilarning oʻz Vatanlari taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his – tuyg‘ulari jamlanmasi hamdir.
Vatanparvarlik tarbiyasi – Vatanni sevish, uni jon-dili bilan himoya qilish tuyg‘ularini ilk yoshligidan bola qulog‘iga quyish demakdir. Vatan hissi – muqaddas tuyg‘u. Bu tuyg‘u shu Vatanning egasi boʻlmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan boshlanadi. Vatan va xalq egizak, mushtarak tushuncha. Birini his etish uchun ikkinchisini bilmoq lozim17.
Shu yerda biz ushbu materialni tayyorlash jarayonida Tarbiya (Ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya) kitobi mualliflari tomonidan yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklarga ham e’tiborimizni qaratmoqchimiz. Jumladan, vatanparvarlik tarbiyasiga tavsif berishda mualliflar tomonidan quyidagi ibora ishlatilgan: “Oʻzbekiston deganda oʻzbek xalqini, oʻzbek xalqi deganda Oʻzbekistonni tushunmoq kerak”18. Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari yagona oila boʻlib, teng huquqlilik tamoyili asosida istiqomat qilayotgan bir vaqtda ushbu jumlaning ishlatishini oʻrinsiz, deb bilamiz.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə