Umumiy pedagogika



Yüklə 19,77 Kb.
tarix22.12.2022
ölçüsü19,77 Kb.
#97561
2-A (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

UMUMIY PEDAGOGIKA” FANIDAN


Nutq texnikasi va madaniyati” mavzusida




AMALIY ISH


Bajardi: Matematika va informatika yo’nalishi III kurs 020-2s guruhi talabasi H.NURMAMATOV
Qabul qildi: Z.MURODOVA

QDU – 2022 yil




2- mavzu. Nutq texnikasi va madaniyati


Mashg`ulot rejasi:
1.Nutq haqida tushuncha.
2. Nutqning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari.
3.Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika.
4. Leksik madaniyat va o‘qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari.


  1. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.

Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud.
Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.


Foydalaniladigan adabiyotlar.
1. Хошимов К., Нишонова С., Иномова М., Хасанов Р. Педагогика тарихи. - Т.: Укитувчи, 1996.
2. Hashimov К., Nishonova S. Pedagogika tarixi. - Т.: O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
3. Халиков A.A. Педагогик махорат. Дарслик. - Тошкент, Иктисод молия, 2012.
4.Якушева С.Д. Основы педагогического мастерства. Учебник. - Москва.: Академия, 2012.
5. Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Т.: Iqtisod-moliya, 2009.
6. Махмудов H. М. Укитувчи нутк маданияти. Дарслик. - Тошкент, Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007.
7. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. - Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2006.
8.. Очилов М., Очилова Н. Ўкитувчи одоби. Сайланма. -Т.: Ўкитувчи, 1997
Yüklə 19,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə