O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI 
 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI
 
FANI 
BO‘YICHA
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan 
– 2022 
 
 



 
 
 
 
Bilim sohasi: 
1000000 - Xizmatlar
 
Ta’lim sohasi: 
1010000 - Xizmat ko‘rsatish sohasi
 
Bakalavriat ta’lim 
yo’nalishlari: 
61010100 – Mehmonxona xo’jaligini tashkil 
etish va boshqarish 
61010400- Turizm (faoliyat yo’nalishlari 
bo’yicha) 
 
Bilim sohasi: 
400000 - Biznes, boshqaruv va huquq
 
Ta’lim sohasi: 
410000 - Biznes va boshqaruv
 
Bakalavriat ta’lim 
yo’nalishi: 
60412200 – Moliya sohasida boshqaruv 
 
 
 
Bilim sohasi: 
300000 - Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot 
Ta’lim sohasi: 
310000 - Ijtimoiy va hulq atvorga oid fanlar 
Bakalavriat ta’lim 
yo’nalishi: 
60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo’yicha) 
Bakalavriat ta’lim 
yo’nalishi: 
60310400 – Iqtisodiy xavfsizlik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
Tuzuvchi:
NamDU, “Iqtisodiyot” kafedrasi 
katta o’qituvchisi K.Tajibayev 
Taqrizchi: 
NamDU, “Iqtisodiyot” kafedrasi
i.f.n., dots K.Sirojiddinov 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kengashining 2022 yil 
"____" avgustdagi "___" - son yig`ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya 
etilgan. 
 
 



MUNDARIJA 
 
Kirish ……………………………………………………………………….
1.O’quv materiallar………………………………..………………………..
a)
Ma’ruzalar matni……………..………….….………………...
b) Amaliy va seminar mashgulotlari misol va masalalar to’plami…. 
2. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari …………………………………… 
3. Kurs ishlari va kurs loyihasi …………………………………….. 
4. Glossariy……………………………………………………………….. 
5. Ilovalar…………………………………………….……………………..
-
Fan dasturu; 
-
Ishchi fan dasturi; 
-
Tarqatma materiallar; 
-
Testlar; 
-
Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha 
uslubiy ko’rsatmalar; 
-
O’UMning elektron varianti. 
 



KIRISH 
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy 
iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida 
bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib 
bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. 
Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida 
o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. 
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona 
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining 
pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy 
oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlash bo’yicha chora-
tadbirlar ko’rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda.
Xususan, 
Taraqqiyot 
strategiyasida 
ijtimoiy 
sohani 
rivojlantirishga 
yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy 
himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya 
qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, 
adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini 
takomillashtirish qat’iy belgilab qo’yildi.
Ushbu majmuani tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari 
texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat 
ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy 
vazifalari, fanni Namangan davlat universitetida o’qitish xususiyatlari e‘tiborga 
olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan 
foydalanilgan. 
O’quv uslubiy majmuaning maqsadi - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi 
tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish 
va rivojlanish tendensiyalari hamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni 
singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. 
O’quv uslubiy majmua yordamida o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning milliy iqtisodiyot amal qilishining 
mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo’jaligi 
faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza 
materiallarini o’zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotiga oid 
nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, 
O’zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlari, uning natijasi, 
milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo’jaligi uchun 
maqsadga muvofiq faoliyat yo’nalishlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi 
hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor 
islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liq 
ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo’lishi nazarda 
tutiladi. 



«Iqtisodiyot nazariyasi» umumiqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy 
iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu 
fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 
Talabalarning «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini dastur doirasida yetarli saviya va 
darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol usullaridan 
foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor 
qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim berishda 
va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy 
usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Statistika 
Davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy 
materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan 
nashr etilgan statistik va tahliliy to’plamlar materiallari ishlatiladi. 




Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə