O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy 
faoliyat deb ataladi. 
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. 
Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida 
iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab 
leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid 
adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda 
iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi 
bilan cheklanmaydi. Balki 
iqtisodiyot
– mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan 
xo’jaliklardan, 
xo’jaliklararo, 
davlatlararo 
birlashmalar, 
korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, 
davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab 
ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, 
ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa resurslarning 
barchasi cheklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida 
insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini 
oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall 
zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 
570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo’rg’oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. 
Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo’rg’oshin, qalayi, rux, 
oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch 
kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko’mir 
bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo’lib qolishi ehtimoldan holi 
emas
1


Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə