O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Keyinchalik iqtisodiyot fanining  klassik maktabi



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Keyinchalik iqtisodiyot fanining 
klassik maktabi
namoyandalari bo’lmish 
A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq 
xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa 
xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning 
onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki
A.Smitning «ko’rinmas qo’l» printsipi hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda. U 
o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» (1776) degan 
kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat xususiy manfaatdir deb ko’rsatadi. 
Inson o’z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, mehnat 
taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga yetkazib 
beradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat 
taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi 
va boshqa resurslarning erkin harakatini ta’minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu 
maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi. 
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv 
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana 
shu usullar yordamida ular merkantilistlarni «boylikning manbai – savdo» degan 
g’oyasining to’g’ri emasligini isbotladilar. 
Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab 
namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib 
iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. 
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko’zga ko’ringan 
tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning 
mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek 
kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi 
bordir. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti 
yo’lida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo’lmog’i lozim deb 
ko’rsatadi. Kapitalistik iqtisodiy tuzumni tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko’ra 
progressiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sen-Simon, SHarl Fure, Robert Ouen kabi 
1
A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 147-149-bеt. 


18 
sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid 
qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə