O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

merkantilizm
deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, 
jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – 
muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli 
mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik, 
iqtisodiy bilimlar rivojlanib, takomillashib borgan sari, ayirboshlash, ya’ni savdo 
jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’paymasligi ma’lum 
bo’lib qoldi. Faqat ayirboshlashning ekvivalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng 
boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi
natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot 
nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo 
balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab 
chiqarish va savdoni o’z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim 
fiziokratlar
deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, 
boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g’oyani olg’a surdilar. 
Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini
 
(1758) yozdi va 
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini 
ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. 
Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng 
miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi, tovarlarning qiymati bozorga 
kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi 
markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, Yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish 
1
A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 89-90-bеt. 


17 
xarajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan 
qo’shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U 
qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga 
keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi 
deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb tushuntiradi
1
. Bu yerda u o’zi 
bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini 
ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon de Nemur va boshqalar davom 
ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat 
birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz 
mehnat deb hisoblangan.

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə