O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Ehtiyojlarning ishlab 
chiqarish va yetkazib berishga nisbatan
 
miqdoran o’sib, tarkib va sifat jihatidan 
takomillashib borishi
ehtiyojlarning ustuvor darajada o’sib borish qonuni 
deyiladi. 
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan 
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning 
paydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur 
tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. 
Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan 
iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. 
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha 
vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tabiiy resurslar (er, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va 
boshqalar); 
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab 
chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish 
vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi. 
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir 
xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga 
solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini 
beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi 
o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-
chizma):


Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə