O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni
. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi 
fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari 
qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy 
iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish jarayonida 
foydalanish 
unumli iste’mol
deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, 
o’simlik moyi – bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, bularning 
barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Iste’mol buyumlarining 
ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi 
shaxsiy iste’mol
deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib 
olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy 
iste’molidan so’ng, ular o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo 
bo’ladi. 
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz 
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni quyidagi 1.1-chizma orqali tushunish 
osonroq bo’ladi. 
1.1-chizma
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi 
harakati 
 
 
 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va 
iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. 
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning 
turlarini bilish zarur. 
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi 
uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi 
fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy 
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar 
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar hamda 
xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
Taqsimot
jarayoni 
Ishlab chiqarish jarayoni 
Ist
е’mol jarayoni 
Ayirboshlash jarayoni 


12 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə