O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning 
turli qism va sub’ektlari o’rtasida taqsimlash jarayoni
. Bu bosqichda, eng avvalo, 
ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar
sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari
ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko’rinishi 
bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu 
faoliyat sohasiga kerakli resurslar – traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, yuk 
mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, 
dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o’tadi. Ular aynan 
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo’yicha 
o’z o’rnilarini topadilar.
Shuningdek, tayyor bo’lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham 
turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o’rtasida, mulk 
egalari o’rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o’z ulushlarini ish haqi yoki foyda, 
foiz, renta ko’rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga 
shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi. 
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori) 
asosida o’zaro almashish jarayoni.
Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh 
kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga 
ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga 
kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning 


11 
misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan – 
go’sht, dehqondan – sabzavotlar, do’kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur 
tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar 
o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə