O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining 
to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va 
mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: jahon 
iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, 
korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, 
shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u 
ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit 
yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib 
borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning 
poydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi 
va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati 
bo’yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1
Zubko N.M. Ekonomichеskaya tеoriya. - Minsk: NTS API, 1998. 61-b. 


10 
1)
ishlab chiqarish jarayoni;
2)
taqsimlash jarayoni;
3)
ayirboshlash jarayoni;
4)
iste’mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. 
Barcha tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning 
eng asosiy va boshlang’ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, 
taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar 
bo’lmaydi. 
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun 
eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini 
haydash va ularga ishlov berish; yerga urug’ qadash va unib chiqib, to hosil 
yetishguncha parvarishlash; g’allani o’rish va don omborlariga joylash; donni 
tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda 
non tayyorlash. O’z o’rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo’lgan mehnat vositalarini 
ham ishlab chiqish kerak bo’ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, 
omochlar; urug’ qadash uchun seyalkalar; g’allani o’rish uchun kombaynlar; omborga 
tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun 
tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi bo’lmasa, yo ishlab chiqarish 
jarayoni to’xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi.

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə