O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal 
qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning xohish-
irodasiga bog’liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga 
turkumlaydi:
1.
Umumiy iqtisodiy qonunlar
– kishilik jamiyati rivojlanishining barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va 
boshqalar. 
2.
Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar
– insoniyat jamiyati taraqqiyotining 
ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat 
qonuni. 


23 
3.
Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar
– alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab o’tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash 
uchun quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (1.3-chizma). 
Chizmadan ko’rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni 
bosib o’tib, ularni 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, 
ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining 
bir necha (bizning chizmada 3 ta) bosqichi uchun tegishli bo’ladi va ularda amal 
qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha 
bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida to’liq amal qiladi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə