O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan 
ikkinchi 
darajali 
narsalar, 
voqea-hodisalarni 
fikrdan 
chetlashtirib, 
o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir.
Bu usul 


25 
yordamida o’rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan 
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o’nlab omillarning ta’siri ostida ro’y 
beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish maqsadida 
har bir omilni o’rganish, bir tomondan, o’ta mushkul va sermashaqqat hisoblansa
boshqa tomondan, u qadar muhim bo’lmagan jihatlarni ham yuzaga chiqarib
tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg’itadi. Shunga ko’ra, tadqiqotchi uchun 
jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy 
omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu 
harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo’ladi. 
Aynan shu jarayon ilmiy abstraktsiyalashdir. 
Ilmiy abstraktsiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat 
va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – kategoriyalar ishlab chiqilishi 
mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning 
tashqi xossalaridagi ko’plab tafovutlardan abstraktsiyalashgan holda, biz ularni 
yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli 
tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab 
chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz.
Biroq, ilmiy abstraktsiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning 
mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo’lishi lozim. 
Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to’g’ri ajrata olmay, pirovardida 
noto’g’ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va 
sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo’llash mumkin bo’lgan usullardan biri 
hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə