O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish
. Mikroiqtisodiy 
tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki 
jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu 
tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan 
foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib 
topishining shakl va mexanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi. 
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy 
iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy 
mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari 
bu tahlil ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro 
bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. 
Induktsiya va deduktsiya
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro 
bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. 
Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga 
qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga 
tomon harakati deduktsiya deb ataladi.
Misol uchun, biz «A» korxonadagi 
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mehnat 


27 
unumdorligini oshishiga olib kelganligini guvohi bo’ldik, deb faraz qilaylik. Bundan, 
butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, 
boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mehnat unumdorligini oshishiga olib keladi», 
degan umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani 
oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish 
holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduktsiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə