O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 
 
1.
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2.
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 
3.
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering. 
4.
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning 
turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi? 
5.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy 
fanlar ichida qanday o’rin tutadi? 
6.
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va 
yo’nalishlar vujudga kelgan? 
7.
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning 
bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi? 
8.
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy 
qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo’ladi? 
9.
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 
10.
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o’rtasidagi farq nimadan 
iborat? 
 
 
2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
1.Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
2.Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni 
3.Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari 
4.Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi 
5.Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini 
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Chunki, 
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayirboshlaydigan, 
taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o’zi bo’lmaydi. Inson iste’molsiz 
yasholmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda 
iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda ishlab 
chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir 


30 
tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, 
qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi; ikkinchi tomondan, butun 
ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan 
bexabar qolishiga sabab bo’ladi; uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo’layotgan 
iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi.
Ushbu mavzuda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va 
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab 
chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib 
beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni 
beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. 
Mavzuning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, 
keyingi qo’shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining 
mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik 
jihatlari ochib beriladi. 
Bu yerda ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va 
mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini 
olishning muhim yo’li sifatida qaraladi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə