O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik 
dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo 
qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik 
usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy 
ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning 
iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining 
rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining 
dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga qaytib, o’sha davrdagi iqtisodiy 
munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o’tmishdagi barcha 
iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy 
bog’langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Foydalanilayotgan usullar ichida 
eksperiment
ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy 
o’sishning keskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va 
beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish paytida eksperiment alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment 
o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqish talab 
etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy 
hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki 
hududlarda sinovdan o’tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan, 
O’zbekistonda zarar ko’rib ishlovchi shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklarga 
aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog’iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida 
tajribadan o’tkazilib, keyinchali boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich 
amalga oshirilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə