O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan, 
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma 
mehnat (ishchi kuchi) tomonidan harakatga keltiriladigan
 
vositalardir. 
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni ye
r deganda 
tuproqning unumli qatlami, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma 
boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri 
tadbirkorlik qobiliyatidir. 
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga 
qo’shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, 
iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilarga aytiladi; 
bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
Hozirgi davrda ayrim 
adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb 
1
Qarang: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy / Pod rеd. V.D.Kamaеva. – 10-е izd., 
pеrеrab. i dop. - M.: Gumanit. izd. sеntr VLADOS, 2004, 217-bеt. 


33 
ko’rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi. Shuning 
uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yo’q.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni 
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish 
uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko’rib chiqish zarur. 
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va 
rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga 
qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, 
turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. 
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir 
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining 
iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat
 
faoliyatidan iboratdir. 
Masalan, kishilar tabiatda mavjud bo’lgan yerdan foydalanib, turli hil dehqonchilik, 
chorvachilik mahsulotlarini yetishtiradilar. O’rmonlardagi daraxtlardan foydalanib, 
ularning shaklini o’zgartirib, turli xil yog’och buyumlar yasaydilar, uylar quradilar. 
yer bag’rida (konlarda) mavjud bo’lgan turli rudalar (temir, mis, ruh, qo’rg’oshin va 
h.k.), mineral xomashyolardan foydalanib, o’zlari uchun zarur iste’mol buyumlari, 
ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng 
avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o’zaro 
ma’lum munosabatda bo’ladilar.
Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat 
moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulotni 
vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat o’rtasidagi moddalar 
almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni 
kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda 
qo’llashni kengaytirib boradi. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish
 
jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish 
uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni inson 
iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, inson bilan tabiat o’rtasidagi modda 
almashuvining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. 
Ishlab chiqarishning 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə