O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

ishlab chiqarish vositalari
(stanok, mashina, asbob-uskuna, 
xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo’linmada esa 
iste’mol buyumlari
ishlab chiqariladi. 
Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida 
ikkinchi bo’linmada va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha 
xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular 
o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan 
iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar 
va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib 
aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir. 
Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o’tish 
davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni 
ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’lib, jonli va buyumlashgan mehnat 
sarfining ma’lum miqdorini o’zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o’zaro bog’liq 


36 
va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda 
batafsilroq to’xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha 
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi 
cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning 
samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o’sishida ko’rinadi. Shu 
nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol 
qiymatini yaratish, ko’paytirish va qiymatlarning o’sish jarayoni hisoblanadi, uning 
asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo’ladi. 
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar 
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo’lgan sifat va miqdorda iste’mol 
qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo’yishi uning ijtimoiy yo’nalishini ifoda etadi. 
Lekin bu umumiy ijtimoiy yo’nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati 
bilan bog’langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o’tish 
davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan 
vositalariga, pul mablag’lariga nisbatan ko’proq qiymatga ega bo’lishni maqsad qilib 
qo’yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, 
iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish 
jarayoni bo’lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 
10 mln. so’mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. Toladan ip yigirish uchun qo’llanilgan 
asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 2 mln. so’mni, ish haqi 
3 mln. so’mni tashkil etib, 3 mln. so’mlik foyda oladigan bo’lsa, yaratilgan 
mahsulotning qiymati 18 mln. so’mni, qo’shilgan qiymat 8 mln. so’mni tashkil etadi. 
Agar biz 8 mln. so’mlik qo’shilgan qiymatdan 2 mln. so’mini amortizatsiya, 
energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan 
qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so’mlik qiymat, ya’ni 3 mln. so’mlik ish haqi va 3 mln. 
so’mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini 
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.3-chizma).

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə