O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-chizma Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

2.1-chizma
Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi 
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko’pchilik 
kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini 
isbotlaydi va kapitalni o’z egasiga qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan 
Ishlab chiqarish omillari 
Ishchi 
kuchi 
Yer 
Tadbirkorlik 
qobiliyati 
Kapital 


32 
ko’payuvchi, o’suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham
masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda 
keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar. 
Qator g’arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, 
J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, 
prof. V.D.Kamayev o’zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — 
kapital o’zidan o’zi ko’payuvchi qiymat»
1
deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, 
V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan 
qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi.
 
Lekin Amerika va yevropa 
mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim 
adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida 
qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-
uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu 
kabilardan iborat deb ko’rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko’rinib 
turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini 
ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga 
e’tiborni kuchaytirgan. G’arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir 
tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo’lsa, boshqalari esa 
iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy 
ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar. Shuning uchun ular 
kapitalni doimiy, o’zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb 
ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, 
ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy 
ko’rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko’rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va 
uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o’z 
egalariga daromad keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma 
sohalarida qo’llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan 
tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul 
mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. 
Boshqacha qilib aytganda, 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə