O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Takroriy hisob – bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Takroriy hisob – bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha 
bosqichlardan o’tishi natijasida ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg’i, material va 
h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. 
Jadvaldagi misolimizdan 
ko’rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi 
xomashyo, yoqilg’i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli 
bosqichlarida qaytadan hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil 
etgan.


44 
Milliy mahsulot qiymatini to’g’ri baholash, unda takroriy hisobga yo’l 
qo’ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish 
lozim. 
Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana 
qayta ishlov berilishi zarur bo’lgan yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan tovar 
va xizmatlardir. 
Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxta 
tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to’qilgan gazlama oraliq mahsulotlar bo’lib 
hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko’ylak yoki kostyum) ishlab 
chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov berishga 
muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard 
mahsulot hisoblanadi. Demak, 
pirovard mahsulot – bu ishlab chiqarishning 
barcha texnologik jarayonlaridan o’tgan hamda bevosita so’nggi iste’mol uchun 
mo’ljallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko’rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijasi 
emas, balki ko’proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi. 
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo’lib
takroriy hisobni o’z ichiga 
olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita, yoki bilvosita, ya’ni 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə