O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-chizma Zaruriy va qo’shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan keyin o’zgargan



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

2.5-chizma
Zaruriy va qo’shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan keyin o’zgargan 
shakllari 
 
 
Ish kuni o’zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini 
ko’paytirish evaziga olingan qo’shimcha mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot 
deb ataladi. 
Masalan, ish kuni davomiyligi 8 soat hajmida qolgani holda, mehnat 
unumdorligi va intensivligini oshirish hisobiga zaruriy mahsulot yaratishga sarflanishi 
kerak bo’lgan vaqt 3 soatga tushirildi, deb hisoblaylik. Bunda qo’shimcha mahsulot 
yaratishga sarflangan vaqt 5 soatga yetadi, ya’ni nisbiy qo’shimcha mahsulot hajmi ortadi. 
Yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha 
mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) 
qo’shimcha mahsulot normasi deb yuritiladi. 
Agar qo’shimcha mahsulot normasini m
'
, massasini m, zaruriy mahsulotni v 
bilan belgilasak qo’shimcha mahsulot normasi
%
100
'


v
m
m
ko’rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, A korxonaning yil davomidagi qo’shimcha mahsulot massasi 100 
mln. so’m, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln. so’mdan iborat bo’lsin. U holda 
qo’shimcha mahsulot normasi 40% ni tashkil etadi.
Ma’lumki, qo’shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o’rtasida har doim 
ziddiyat va aloqadorlik bo’ladi. Ularning har ikkalasidan ham butun iqtisodiyotni 
rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo’lida 
foydalaniladi. 
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari 
bilan uning samarasi o’rtasidagi bog’liqlik
ishlab chiqarish funktsiyasi
deb ataladi. 
Masalan, ishlab chiqarish omillari – yer (E), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab 
chiqarishda qo’llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab 
chiqarish funktsiyasi 
)
,
,
(
I
Ê
Å
f
Ì

dan iborat bo’ladi. 
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har 
birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko’proq 
mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko’rsatkich har 
Sof mahsulot 
Zaruriy mahsulot
Q
o’shimcha mahsulot 
Ish haqi 
Ijtimoiy 
himoya 
fondlari
Foyda 
Foiz 
R
еnta 
Soliqlar 


46 
bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko’paytirish mo’ljallangan mahsulot 
hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini 
beradi. 
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki 
ularning ayrim turlarini ko’paytirish yo’li bilan mahsulot hajmini ko’paytirish 
mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo’lgani holda ayrim omillar sarfini 
oshirish yo’li bilan mahsulotni cheksiz ko’paytirib bo’lmaydi. Omillardan 
foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil 
o’lchanadi: umumiy mahsulot, o’rtacha mahsulot va so’nggi qo’shilgan mahsulot. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə