O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning 
qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun.
Vaqtni tejash ijtimoiy 
rivojlanishning iqtisodiy resurslarini umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har 
qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni tejashga borib taqaladi. 
Vaqtni tejash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan mehnatni, ya’ni 
muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg’armasi hamda o’tgan davrlardagi ish vaqti 
sarflarining natijasini tejashni o’z ichiga oladi. Vaqtni tejash qonuni namoyon 
bo’lishining aniq shakli bo’lib quyidagilar maydonga tushadi: 
1)
mehnat unumdorligining o’sishi; 
2)
mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi; 
3)
ishlab chiqarish material sig’imining pasayishi;
4)
xo’jalik nisbatlarining optimallashuvi. 
Bundan 
ko’rinadiki, 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
ifodalovchi 
ko’rsatkichlardan biri mehnat unumdorligidir. 
Mehnat unumdorligi deb ishchi 
kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va 
ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat 
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt 
bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini 
MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat 
unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
V
Ì
ÌU


Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. 
Misol uchun, A korxonada 40 kishi mehnat qilib, ular kun davomida 8 ming 
dona mahsulot ishlab chiqargan bo’lsinlar. U holda, bir kishi kunida yaratilgan 
mahsulot 200 donani tashkil etadi. Agar mahsulot soni 10 ming donaga yetsa, u holda 
bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 250 donani tashkil etib, mehnat unumdorligi 
125% (250×100/200) ga oshadi. 
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko’rsatkichidan ham 
foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga 
olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanadi. Agar kapital 
unumdorligini – KU, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K, 


53 
mahsulotni – M, Yalpi daromadni – YAD, foydani – F deb belgilasak, quyidagi 
formulalar hosil bo’ladi: 
Ê
Ì
ÊU

;
Ê
YAD
ÊU


Ê
F
ÊU


Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat 
sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki 
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini 
ifodalaydi. 
Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar 
samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni 
ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar 
ta’sir qiladi: 
1) fan-texnika taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab 
chiqarishda qo’llash; 
2) ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash; 
3) iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini 
o’zgartirish; 
4) ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish; 
5) mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab 
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi 
hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga 
joriy qilish; 
6) kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va 
mutaxassislar tayyorlash. 
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda respublikamiz uchun 
dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyutsion va 
revolyutsion shakllari farqlanadi. Evolyutsion shaklda rivojlanish deganda, FTTning 
mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash 
asosida rivojlanishi tushuniladi. 
Revolyutsion shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qancha 
sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar bo’lib, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, 
avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llash, printsipial yangi texnologik tizimga o’tish 
tushuniladi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə