O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llaniluvchi barcha 
resurslar. 
Ishchi kuchi – insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig’indisi. 
Mehnat qurollari – inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir 
qiladigan vositalar. 
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalar. 
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga 
muvofiq faoliyat. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish – jamiyat miqyosida ishlab chiqarish 
jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan 
holda takrorlanishi. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam 
ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi. 


55 
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi – mamlakat bo’yicha yaratilgan milliy 
mahsulotning yil davomidagi yig’indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o’z harakatini 
tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki 
bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg’arish fondi) orqali qondirishga 
tayyor mahsulot. 
Sof mahsulot – yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish 
vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi. 
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy 
ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va 
qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulot. 
Qo’shimcha mahsulot – sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi
ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot. 
Qo’shimcha mahsulot massasi – yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar 
yig’indisi.
Qo’shimcha mahsulot normasi – qo’shimcha mahsulot massasining zaruriy 
mahsulotga nisbati. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi 
o’rtasidagi bog’liqlik. 
Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan 
foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. 
O’rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir 
birligiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi.
So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi 
kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi. 
Mehnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot 
yaratish qobiliyati. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə