O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy 
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish 
jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
Ular takror ishlab chiqarish 
munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish 
munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. 
Muayyan taraqqiyot darajasidagi 
ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining 
birligi va o’zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o’zaro 
aloqada bo’lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab 
chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo’lgan alohida siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning 
alohida turlari qad ko’taradi. Ana shularning yig’indisi jamiyatning ustqurmasini 
tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol 
o’ynaydi, o’zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa 
jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyani tashkil etadi
.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy qismlarini alohida chizma orqali 
ifodalash mumkin (3.1-chizma). Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. 
Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil 
qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham 
har doim o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o’ziga xos ishlab 
chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi 
ishlab chiqarish usulini belgilab beradi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə