O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 
 
1.
Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat? 
2.
Ishchi kuchi nima, uning mehnat tushunchasidan nima farqi bor? 
3.
Kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini 
tushuntirib bering. 
4.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring. 
5.
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati nimada? 
6.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering. 
7.
Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat? 
8.
Zaruriy va qo’shimcha mahsulot nima, qo’shimcha mahsulot normasi va 
massasi formulasini yozib tushuntiring. 
9.
Qo’shilgan mehnat, qo’shilgan kapital va qo’shilgan mahsulot tushunchalarini 
izohlab bering. 
10.
So’nggi qo’shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish 
qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi? 


56 
3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
1.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha 
yondashuvlar 
2.Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari 
3.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk 
ob’ektlari va sub’ektlari 
4.Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni 
5.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
maqsadi, yo’llari va usullari 
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy 
munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib 
boradi. Shunga ko’ra, mazkur mavzuda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va 
ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va 
texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. 
Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi. 
Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amalga 
oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk 
shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida 
mulk shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin 
ajratiladi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə