O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha 
yondashuvlar 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli 
bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat 
taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish 
iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga 
egadir. 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan 
asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
- tarixiy-formatsion yondashuv; 
- madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; 
- iqtisodiy tizimlar o’zgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga 
tarixiy-formatsion yondashuvda
ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga 
e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) 
munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, 
ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning 
ishlab 
chiqaruvchi kuchlarini
tashkil qiladi. Boshqacha aytganda
ishlab chiqaruvchi 


57 
kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat 
o’rtasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan 
elementlar tizimidan iborat.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi 
ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko’rsatkichidir. 
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy 
ashyolar bilan emas, shu bilan birga o’zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda 
bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab 
chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil 
qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi aloqalar 
sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, 
ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va 
ularning ijtimoiy uyg’unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni 
ixtisoslashtirish 
va 
kooperatsiyalash, 
ishlab 
chiqarishning 
to’planishi va 
uyg’unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy 
shakl iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab 
chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə