O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

To’la bandlik
iqtisodiyotdagi
ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha 
resurslardan to’la unum bilan foydalanish holati.
Bunda ishchi majburiy ishsiz 
bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barcha 
ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki 
kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim. 
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni 
ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib 
foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum 
chegarasi bo’ladi. Chunki, resurslar kamyob bo’lganligi sababli iqtisodiyot to’la 
bandlik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida ham tovar va xizmatlarni 
cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. 
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib 
yanada aniqroq tasvirlash mumkin (2.5-jadval).
 
 
 
 


49 
2.5-jadval
Resurslar to’liq band bo’laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari 
(shartli raqamlar)
Mahsulot turi 
Muqobil variantlar 





Non (mln. dona) 





Tegirmon (ming dona) 
10 




Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to’g’risida yaxshiroq tasavvurga ega 
bo’lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tegirmon ishlab 
chiqaradi (bunda non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini 
bildiradi); 
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi; 
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo’lib qoladi, deb faraz 
qilamiz. 
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab 
chiqarish hajmini birdaniga ko’paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning 
cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday 
sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko’paytirishga, resurslarning bir 
qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non 
ishlab chiqarishni ko’paytirish afzal ko’rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat 
tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin. 
Jadvalda jamiyat tanlash mumkin bo’lgan sanoat tegirmonlari va non 
miqdorining muqobil uyg’unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan
iqtisodiyot o’zining butun resurslarini tegirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini 
ishlab chiqarishga yo’naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar to’lig’icha 
non, ya’ni iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy 
g’oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig’ida iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab 
chiqarishning to’liq hajmida non mahsulotini ko’proq ishlab chiqarishi uchun 
tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar kamyob bo’lganligi 
sababli, iqtisodiyot non va tegirmon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko’paytira 
olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun 
jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni chizmada tasvirlaymiz (2.6-chizma). 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə