O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun, eng avvalo, ishlab 
chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab 
chiqarish omillari deyiladi.
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: 
ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart. 
Bundan ko’rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o’laroq, 
o’z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi 
unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblangan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llanilmaganligi sababli, 
ishlab chiqarish omili bo’la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada 
kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz. 
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi.
Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan 
kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati 
ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
Mehnat qurollari
deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat 
predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. 
Bularga mashinalar, stanoklar, 
traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari
esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir.
Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat 
predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda 
uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo’lishi 
mumkin.


31 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə