O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni 
izchillik bilan o’rganish.
Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u 
haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi 
zarur. Bu esa tadqiqot ob’ektini
 
alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni izchillik 
bilan o’rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O’zbekistondagi iqtisodiy 
o’sish sur’ati 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 9,5 foizni tashkil etganini bilamiz. 
Bunday o’sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa 
faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, Yalpi ichki mahsulotning ishlab 
chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar 
bo’yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratib olish va ularni o’rganish orqali o’sish 
sur’atining manba va omillari to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olamiz.
Sintez – bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun 
yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Murakkab iqtisodiy tizimlar 
ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi. 
Iqtisodiy fanlarda ko’pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko’rsatkichlarni 
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, 
korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar, 
tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy 
iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, 
sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko’plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalarning 


26 
ilmiy asosga ega bo’lgan, to’g’ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ularni 
umumlashtirish orqali yangi g’oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini berishi bilan 
ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib berishda A.Marshallning 
qiymatning turli nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanganligi buning yaqqol 
dalilidir.

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə